"Kazankompressormash" vakillari bilan uchrashuv
“Maxsusenergogaz” AJ boshqaruvi raisi D. Xakberdiyev boshchiligida “INNOPROM. O'rta Osiyo” sanoat ko‘rgazmasida “Kazankompressormash” AJ (GMS Group tarkibiga kiruvchi) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining neft va gaz sanoati uchun yuqori texnologiyali kompressor uskunalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Yangi stansiyalar qurish dasturlari va mobil kompressor agregatlarini joriy etish loyihalarida ishtirok etishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.