Аholiga tabiiy gaz yetkazib berishni yanada yaxshilash, sanoat-ishlab chiqarish korxonalari uzluksiz faoliyat yuritishida tabiiy gazga boʼlgan talabni toʼliq taʼminlashda "Oʼzbekneftgaz" АJ buyurtmachiligi ostida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihalarni amalga oshirishda "Maxsusenergogaz" АJ toʼlaqonli qatnashib kelmoqda. Jumladan:
- Shoʼrtan NGQChBga qarashli Shoʼrtan konida 6 ta quduqlar usti kichik kompressor stantsiyalari qurilishi ishlari toʼliq hajmda bajarildi;
- Ushbu quduqlar usti kichik kompressor stantsiyalarini elektr taʼminoti bilan taʼminlash maqsadida 110/35/6 kV nimstantsiya qurilishi, 22 km uzunlikdagi 110 kV havo tarmogʼi va 6 kV havo tarmogʼi qurilish ishlari amalga oshirildi.