“Maxsusenergogaz” AJ va “Kerui Group” korporatsiyasi (Xitoy) kompaniyasi vitse-prezidenti Wu Xiaogui va O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yang Kun boshchiligidagi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
KERUI GROUP - yuqori texnologiyali neft qazib olish uskunalarini ishlab chiqarishda kompleks ishlaydigan xalqaro kompaniya bo'lib, burg'ulash va kompressor uskunalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va etkazib berish, shuningdek, EPC bosh pudrat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha Xitoyda va dunyoning ko'plab mamlakatlarida yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Uskunalarni yetkazib berish va O‘zbekiston Respublikasining neft-gaz sohasida loyihalarni birgalikda amalga oshirish sohasidagi o‘zaro hamkorlik va hamkorlikning mumkin bo‘lgan istiqbollari muhokama qilindi.