“O‘zbekneftgaz” AJ, “Maksusenergogaz” AJ delegatsiyasi boshchiligida “O‘zbekiston neft va gazi – OGU” xalqaro energetika konferensiyasida “Mitsubisi” va Turboden (Italiya) kompaniyalari vakillari bilan qo‘shma uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Muborak GQZ va Sho‘rtan NGQChB ob’ektlarida generatsiya loyihalari – ORC loyihalari bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining neft-gaz sohasida hamkorlik va boshqa loyihalarni birgalikda amalga oshirishning mumkin bo‘lgan istiqbollari taqdim etildi.