29 May 2024

ҲУРМАТЛИ "MAXSUSENERGOGAZ" АЖ АКЦИОНЕРЛАРИ!

"MAXSUSENERGOGAZ" aksiyadorlik jamiyati sizlarni quyidagi manzilda: 100007, Toshkent shahar, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 32A-uy, e-mail: corp@maxsus.uz, veb-sayt – www.maxsus.uz, 2024 yil 21 iyunda Toshkent shahar, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 32A-uy, ma'muriy binosida aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma'lum qiladi. Yig‘ilish soat 10:00 da boshlanadi, aksiyadorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish soat 09:30 dan 09:55 gacha amalga oshiriladi.

KUN TARTIBI:

  1. 2023-2024 yillarda "MAXSUSENERGOGAZ" AJ Boshqaruv kengashining faoliyati va qabul qilingan qarorlari to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash.
  2. 2023 yil uchun "MAXSUSENERGOGAZ" AJning yillik hisobotini, shu jumladan mustaqil auditor (OOO «SFAI-Buxgalter-Audit Tashkent») xulosasini tasdiqlash.
  3. "MAXSUSENERGOGAZ" AJning rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Boshqaruv hisobotini tasdiqlash.
  4. 2023 yil uchun "MAXSUSENERGOGAZ" AJning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Taftish komissiyasi xulosasini tasdiqlash.
  5. 2023 yil yakunlari bo‘yicha "MAXSUSENERGOGAZ" AJning sof foydasini taqsimlash.
  6. Uch yil davomida talab qilinmagan dividendlarni "MAXSUSENERGOGAZ" AJ ixtiyoriga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish.
  7. "MAXSUSENERGOGAZ" AJ Boshqaruv kengashini saylash.
  8. "MAXSUSENERGOGAZ" AJ Taftish komissiyasini saylash.
  9. "MAXSUSENERGOGAZ" AJning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
  10. "MAXSUSENERGOGAZ" AJ Boshqaruv raisi va a'zolari bilan mehnat shartnomalarini uzaytirish.
  11. "MAXSUSENERGOGAZ" AJning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini tasdiqlash.
  12. "MAXSUSENERGOGAZ" AJning 2024 yil uchun majburiy auditorlik tekshiruvi uchun auditorlik tashkilotini belgilash, uning xizmatlari uchun to‘lovning maksimal miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish.
  13. Kelgusi umumiy yig‘ilishga qadar "MAXSUSENERGOGAZ" AJning joriy xo‘jalik faoliyati davomida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan affilirlangan shaxslar bilan bitimlarni ma'qullash.

Aksiyadorlarni yillik umumiy yig‘ilish haqida xabardor qilish reyestri 2024 yil 22 may holatiga va aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reyestri 2024 yil 13 iyun holatiga yakunlanadi.

Aksiyadorlarga qonunchilikka muvofiq yillik umumiy yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida taqdim etilishi lozim bo‘lgan ma'lumotlar bilan yuqoridagi manzilda yoki (71) 230-02-05 (238) telefon raqami orqali tanishish mumkin.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida shaxsan yoki o‘z vakili orqali ishtirok etish va ovoz berish tartibi belgilangan. Aksiyadorlar o‘zlari bilan pasport yoki ID-kartani, vakillar esa pasport (yoki ID-karta) va notarial tasdiqlangan ishonchnomani olib kelishlari lozim.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 42-moddasiga muvofiq, aksiyador o‘z aksiyalariga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisini o‘z ma'lumotlarining o‘zgarishi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilishi shart. Aksiyadorning ma'lumotlarini o‘zgartirish to‘g‘risida ma'lumot taqdim etmagan hollarda, Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi aksiyadorga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.

Shuningdek, yuqoridagi qonunning 62-moddasiga muvofiq, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi xabar aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va aksiyadorlar ma'lumotlarining yangilanganligini ta'minlash maqsadida barcha aksiyadorlardan o‘z ma'lumotlarini yangilash uchun jamiyatga va xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositasiga murojaat qilishlari va o‘z elektron pochta manzillarini "MAXSUSENERGOGAZ" AJning e-mail: corp@maxsus.uz ga yuborishlari so‘raladi.

"MAXSUSENERGOGAZ" AJ Boshqaruv kengashi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech